Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Fulxem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z yakuniga tedi. Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasidayoq mankunianlar oldinga chiqib olishdi, Pol Pogba jarima maydoni ichida uzatmani qabul qilib oldi va o‘tkir burchak ostidan ajoyib zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.
23-daqiqada Antoni Marsyal maydon markazidan tezlik olib jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarbasi bilan jamoasining ikkinchi golini urdi. 65-daqiqada Pogba penaltini aniq bajarib, o‘zining ikkinchi jamoasining uchinchi golini urdi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda ochkolarini 51 taga yetkazib oldi va to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
APL, 26-tur
Fulxem – Manchester Yunayted 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 14 Pogba, 0:2 – 23 Marsyal, 0:3 – 65, penalti Pogba.
Fulxem – Riko, Odoi, Le Marshan, Rim, Chembers, Shyurrle (Kristi, 53), Seri, Babel (Kerni, 77), Brayen (Sessenon, 81), Vetto, Mitrovich.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Diogu Dalot, Djons, Pogba (Maktomini, 74), Matich, Mata, Errera (Bayi, 85), Marsyal (Sanches, 70), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Brayen (25), Chembers (38), Matich (43), De Xea (90), Mitrovich (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi