Bundesliga. «Borussiya D» 3:0 hisobini ushlab qololmadi va boshqa natijalar

  • 09 fevral 2019, 22:28
  • 877
  • Sport
  • Bundesliga. «Borussiya D» 3:0 hisobini ushlab qololmadi va boshqa natijalar
    Germaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
    «Borussiya» Dortmundda «Xoffenxaym»ni qabul qildi. Mezbondan 3:0 hisobida oldinda borib g‘alabani ushlab qola olmadilar.

    Birinchi bo‘limda Jeydon Sancho va Mario Gyotsening gollaridan so‘ng maydon egalari tanaffusga ishonchli hisob bilan yo‘l olishdi. 66-daqiqada Rafael Gereyru hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

    75-daqiqada Isxak Belfodil hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 83-daqiqada Pavel Kaderjabek mehmonarning ikkinchi golini urdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Belfodil muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

    Parallel kechgan o‘yinlarda «RB Leypsig» o‘z maydonida «Ayntraxt» bilan nursiz durangga imzo chekdi. Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi kutilmaganda «Gerta»ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

    Bundesliga, 21-tur
    Borussiya D – Xoffenxaym 3:3 (2:0, 1:3)
    Gollar:
    1:0 – 32 Sancho, 2:0 – 43 Getse, 3:0 – 66 Gerreyru, 3:1 – 75 Belfodil, 3:2 – 83 Kaderjabek, 3:3 – 87 Belfodil.
    Borussiya D – Byurki, Diallo, Xakimi, Pishchek, Gerreyru (Volf, 90), Sancho, Vitsel, Daud, Vaygl, Getse (Toprak, 83), Filipp (Pako Alkaser, 70).
    Xoffenxaym – Baumann, Xyubner, Bichakchich, Posh, Shuls, Grillich, Bitenkur (Nelson, 70), Demirbay (Gayger, 46), Kaderjabek, Kramarich (Belfodil, 46), Joelinton.
    Ogohlantirishlar: Grillich (28), Demirbay (40), Gayger (89).

    RB Leypsig – Ayntraxt F 0:0 (0:0, 0:0)

    Borussiya M – Gerta 0:3 (0:1, 0:2)
    Gollar:
    0:1 – 30 Kalu, 0:2 – 56 Duda, 0:3 – 76 Zelke.

    Gannover – Nyurnberg 2:0 (1:0, 1:0)
    Gollar:
    1:0 – 45 Myuller, 2:0 – 77 Myuller.

    Frayburg – Volfsburg 3:3 (1:1, 2:2)
    Gollar:
    0:1 – 11 Russiyon, 1:1 – 37 Grifo, 1:2 – 63, penalti Vegorst, 2:2 – 70 Petersen, 2:3 – 74 Shteffen, 3:3 – 88 Valdshmidt.

    Manba: www.uff.uz

    » » Bundesliga. «Borussiya D» 3:0 hisobini ushlab qololmadi va boshqa natijalar