18:53 / 10.02.2019
4 050

O‘zbekiston MTJ mart oyida "China Cup" xalqaro musobaqasida qatnashadi

O‘zbekiston MTJ mart oyida "China Cup" xalqaro musobaqasida qatnashadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bo‘lajak FIFA kunlaridan unumli foydalanib, milliy terma jamoamiz uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China Cup" musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqa 18-26 mart oralig‘ida Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tailand bilan, Xitoy esa Urugvay bilan to‘p tepadi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.

2018 yilda mazkur turnirda Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etgan va Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ mart oyida "China Cup" xalqaro musobaqasida qatnashadi