Serxio Ramos ushbu mavsumda top-hujumchilardan ham ko‘p gol urmoqda

  • 10 fevral 2019, 23:30
  • 1 173
  • Sport
  • Serxio Ramos ushbu mavsumda top-hujumchilardan ham ko‘p gol urmoqda
    «Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya La Ligasining 23-turida «Atletiko»ga qarshi kechgan o‘yinda penaltidan gol urdi (3:1).
    Bu 32 yoshli ispaniyalik futbolchining joriy mavsum barcha musobaqalardagi 11-goli bo‘ldi.

    Ramos faoliyati davomida ilk marta bitta mavsumda 11 ta gol urdi. Bu haqda Squawka xabar berdi.
    2016/17 yilgi mavsumda uning hisobida barcha musobaqalarni hisoblaganda 10 ta gol mavjud edi.

    Joriy mavsumda Ramosdan quyidagi hujumchilar ham kam gol kiritdi:
    1. Paulo Dibala - 10
    2. Alvaro Morata - 9
    3. Romelu Lukaku - 9
    4. Mario Manjukich - 9

    » » Serxio Ramos ushbu mavsumda top-hujumchilardan ham ko‘p gol urmoqda