09:07 / 11.02.2019
4 925

0:10. Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti omadsiz chiqdi

0:10. Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti omadsiz chiqdi
Kecha Portugaliya chempionatining 21-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Benfika” jamoasi o‘z maydonida “Nas’onal”ni qabul qildi. E’tiborli tomoni, uchrashuvda mehmon jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Afsuski, hamyurtimizning debyuti omadsiz ko‘rinish oldi. Benfika Funshal shahri jamoasini ayab o‘tirmadi, hisob: 10:0. Maydon egalari safida Seferovich va Jonaslar dubl qayd etgan bo‘lishsa. Aleks Grimaldo, Joao Felish, Pitssi, Fransishku Ferreyra, Ruben Dias va Rafa Silvalar bir martadan madeyraliklar darvozasini ishg‘ol qilishdi.
O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi. Ushbu natijadan so‘ng “Nasonal” 20 ochko bilan turnir jadvalining 16-o‘rnida bormoqda.

Primeyra, 21-tur
«Benfika» – «Nasonal» 10:0 (3:0, 7:0)
Gollar:
1:0 – 1 Grimaldo, 2:0 – 21 Seferovich, 3:0 – 27 Seferovich, 4:0 – 50 Joau Felish, 5:0 – 54 Pitssi, 6:0 – 56 Fransishku Ferreyra, 7:0 – 64 Diash, 8:0 – 85 Jonas, 9:0 – 88 Rafa Silva, 10:0 – 90 Jonas.
Nasonal: Daniel, Rosich, Filipe Ferreyra, Kalindi, Julio Sezar, Rashidov, Alxassan, Kamashu, Marakish, Gonsalvesh, Palochevich.
Benfika: Vlaxodimos, Andre Almeyda, Grimaldo, Diash, Fransishku Ferreyra, Joau Felish, Pitssi, Samaris, Pires, Rafa Silva, Seferovich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 0:10. Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti omadsiz chiqdi