09:11 / 11.02.2019
3 373

«Yuventus» safarda «Sassuolo»ni yirik hisobda yengdi

«Yuventus» safarda «Sassuolo»ni yirik hisobda yengdi
Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Sassuolo» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Chitta-del-Trikolore» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Mehmonlar o‘yinni faol boshlashdi va ularning urinishlari 23-daqiqada o‘z samarasini berdi. Krishtianu Ronalduning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi, biroq qaytgan to‘pni Sami Xedira darvozaga joylab qo‘ygan holda turinliklarni oldinga olib chiqdi.

70-daqiqada Ronaldu burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘naltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Emre Jan jamoasining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, «Yuventus» ochkolarini 63taga yetkazib oldi va turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

A Seriya, 26-tur
Sassuolo – Yuventus 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar:
0:1 – 23 Xedira, 0:2 – 70 Ronaldu, 0:3 – 86 Jan.
Sassuolo – Konsili, Manyani, Rojerio, Lirola, Peluzo, Lokatelli, Sensi, Djurichich (Matri, 56), Burabiya (Manyanelli, 79), Berardi, El-Babakar (Boga, 59).
Yuventus – Shchensni, Kaseres, Aleks Sandro, De Shilo, Rugani, Pyanich, Xedira (Bentankur, 66), Matyuidi (Jan, 85), Bernardeski (Dibala, 83), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (6), Aleks Sandro (27), Manyani (30), Burabiya (38).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» safarda «Sassuolo»ni yirik hisobda yengdi