08:18 / 12.02.2019
5 719

«Uzbek Tigers» jamoasi tarqatib yuborildi

«Uzbek Tigers» jamoasi tarqatib yuborildi
Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan O‘zbekistonning «Uzbek Tigers» jamoasi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mavsumda O‘zbekiston boks federatsiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgan. Bunda havaskor boks bo‘yicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil boshida ham «Uzbek Tigers» jamoasining tugatilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar inkor etilgan va jamoa musobaqada ishtirok etgandi.

2 fevral kuni boks federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov iste’foga chiqqan va uning o‘rniga Saken Po‘latov vitse-prezidentlik lavozimini egallagandi.

Ma’lumot uchun, «Uzbek Tigers» jamoasi 2016 yildan buyon WSB musobaqalarida ishtirok etib keladi. Jamoa birinchi mavsumdagi ishtirokidayoq musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan va bronza medallari bilan taqdirlangandi. 2017 yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar yetib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Uzbek Tigers» jamoasi tarqatib yuborildi