Masharipov va Bikmayevning supergollari «Paxtakor»ni keyingi bosqichga olib chiqdi

  • 12 fevral 2019, 17:43
  • 1 143
  • Sport
  • Masharipov va Bikmayevning supergollari «Paxtakor»ni keyingi bosqichga olib chiqdi
    Osiyo Chempionlar Ligasida 2-bosqich saralash o‘yinlaridan biri o‘tkaziladi.
    «Paxtakor» o‘z maydonida Iroqning «Eyr Fors» klubi bilan bellashadi va 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    O‘yinda mezbonlar katta tashabbusga ega bo‘lsa-da, muxlislar golni uzoq vaqt kutishdi. 76-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni qaychi uslubida zarba berib, to‘rga joyladi.

    84-daqiqada Marat Bikmayev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni 2taga yetkazdi. Biroq, iroqliklar taslim bo‘lmadilar va 87-daqiqada Ahmad Hammadiy ham qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol urishga erishdi. Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

    Endi «Paxtakor» OChL saralashining pley-off bosqichida BAAning «An-Nasr» klubi bilan o‘ynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OChL guruh bosqichiga yo‘l oladi.

    OChL 2-saralash bosqichi
    Toshkent, «Paxtakor» stadioni, 15:00
    Paxtakor (O‘zbekiston) – Eyr Fors (Iroq) 2:1
    Gollar:
    Masharipov (76), Bikmayev (84) – Hammadiy (87)
    «Paxtakor»: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets (s), A’zamov, Alijonov, Abdullayev, Hamrobekov, Masharipov, Cheran, Yaxshiboyev, Bikmayev
    Zaxira: Hamroyev, Asqarov, Rahmatullayev, Sergeyev, Hamdamov, Abdurahimov, Kozak
    «Eyr Fors»: Muhammad Kassid, Suad Notiq (S), Ahmad Abdulridxa, Samih Said, Zaher Medani, Muhammad Qosim, Muhammad Ali, Muayad Ajaan, Ibrohim Bayesh, Emad Mohsin, Solomon Uilyams
    Zaxira: Amjed Rahim, Ali Bahjat, Hammadiy Ahmad, Hussayn Mohsin, Ali Yusuf, Mustafo Muhammad, Ahmad Kadhim

    Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak San Jun, Pak Kyun Yon, Kim Vu Sun (barchasi Janubiy Koreya).
    Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Adnan (Iordaniya).
    Komissar: Chuan Chin Fan (Xitoy Taypeyi).

    » » Masharipov va Bikmayevning supergollari «Paxtakor»ni keyingi bosqichga olib chiqdi