18:00 / 12.02.2019
3 559

Shota Arveladze: "Muxlislarsiz futbol qiziqmas"

Shota Arveladze: "Muxlislarsiz futbol qiziqmas"
OChL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi. Unga o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Marat Bikmayev hamrohlik qildi.

"Birinchi navbatda muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularsiz nechta gol uramiz, nechta g‘alaba qozonamiz o‘z mazasini yo‘qotadi. Raqib mavsum o‘rtasida, bizda esa mavsum hali boshlanmagan. Yangi futbolchilar ko‘p, hali jamoaviy o‘yin shakllanmagan", - deydi Shota Arveladze.

"Muxlislarga rahmat aytaman. Kelib bizni qo‘llab turishganidan xursandman. Ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo mavsumning birinchi o‘yini bo‘lgani uchun ham biroz qiyin bo‘ldi. Eng asosiysi g‘alabaga erishdik va keyingi bosqichga chiqdik", - deydi Marat Bikmayev.

- Agar Bikmayevning zarbasi golga aylanmaganda sizning boshqa rejangiz bormidi?
- Raqiblarda o‘yin davomida bitta vaziyat bo‘ldi. Ular o‘sha vaziyatni 0:2 vaqtida yaratishdi va gol urishdi. Muxlislar Bikmayevni almashtirishni so‘rashdi, ammo oxirigacha unga ishondim.

- Jasur Yaxshiboyev haqida nima deysiz?
- U mavsumoldi yig‘inlar vaqtida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Bugun ham yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman.

- Jarohat olgan uch futbolchidan qay biri "Al Nasr" bilan bahsga tayyor bo‘ladi?
- Afsuski hech kim navbatdagi bahsgacha tayyor bo‘lmaydi.

- Adashmasam 15 yildan so‘ng "Paxtakor" klubiga qaytdingiz. Qanday hissiyotlar?
Marat Bikmayev: - Albatta hissiyotlarim ajoyib. Har holda futbolga mana shu klubda kirib kelganman. Yoshlar jamoasida o‘ynaganman. Muxlislar meni yaxshi kutib olishganidan xursandman.

- Jamoada yetakchi kim?
- Yegor Krimets, Marat Bikmayev, Jaloliddin Masharipov, Sanjar Quvvatov yetakchi.
Narzulla Saydullayev

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Muxlislarsiz futbol qiziqmas"