18:28 / 12.02.2019
3 434

Hakim Fuzaylov: "Zahiramiz torligi pand berdi"

Hakim Fuzaylov: "Zahiramiz torligi pand berdi"
OChL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.
- "AGMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi raundda ularga omad tilayman. Bizga jamoamizning zahirasi juda torligi pand berdi. O‘yinga keladigan bo‘lsam, doimgi qishki futbol guvohiga aylandik. Endi jamoani OFK kubogi guruh bosqichiga tayyorlash lozim. Buning uchun esa seleksiya ishlarini yanada jiddiyroq olib borish talab etiladi. Tarkibni kuchaytirmasak bo‘lmaydi", - deya o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Hakim Fuzaylov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hakim Fuzaylov: "Zahiramiz torligi pand berdi"