21:00 / 12.02.2019
2 840

Karatechilarimiz Dubaydagi «Premer Liga» reyting turnirida qatnashadilar

Karatechilarimiz Dubaydagi «Premer Liga» reyting turnirida qatnashadilar
15-17 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha «Premer Liga» reyting turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 700 nafardan ziyod karatechi sovrinli o‘rinlar va Olimpiya reyting ochkolari uchun kurash olib boradi. Bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.

Terma jamoamiz bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-75 kg: Dastonbek Otabolayev

Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Babayeva
-61 kg: Barno Mirzayeva

Murabbiy: O‘ktam Bekpo‘latov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karatechilarimiz Dubaydagi «Premer Liga» reyting turnirida qatnashadilar