07:23 / 16.02.2019
3 504

Superliga teletranslyatsiyasida yangilik joriy etiladi

Superliga teletranslyatsiyasida yangilik joriy etiladi
2019 yilgi mavsumdan boshlab, Superliga o‘yinlari teletranslyatsiyasida o‘zgarish yuz beradi, deb yozadi PFL sayti.
Unga ko‘ra, milliy chempionat o‘yinlari translyatsiyasi boshlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Yevropaning ligalari kabi futbolchilarning chiqib kelishi ko‘rinishida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va o‘yin hisobi namoyish etiladigan teleeffektlar bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.

Shu maqsadda PFL yangi tashkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoshuting jarayonini o‘tkazgan. Dastlab «Paxtakor» va OKMK klubi futbolchi va murabbiylari unda ishtirok etgan.

Videoshuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali tanishtirilishi uchun olingan videolavhalar yakunda milliy chempionatimiz o‘yinlarini teletranslyatsiya qiluvchi Sport telekanaliga taqdim etiladi, deyiladi PFL xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga teletranslyatsiyasida yangilik joriy etiladi