Bugun "Manchester Yunayted" rasmiy tvitteri Ser Aleks "Old Trafford"ga qaytayotganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Fergyuson "Old Trafford"da "Bavariya"ga qarshi xayriya o‘yini mobaynida jamoaga murabbiylik qiladi.
Ushbu bellashuv 26 may kuni bo‘lib o‘tadi va 1999 yilgi trebl (Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasi g‘olibligi)ning 20 yilligiga bag‘ishlanadi. O‘yinni "Manchester Yunayted"ning xayriya fondi tashkillashtirmoqda.
Afsonaviy murabbiy bu haqda fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Men bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman. Bu "Old Trafford"da o‘zgacha kun bo‘ladi. Bir qator tanish chexralar bilan uchrashish ajoyib bo‘ladi. O‘z navbatida, bu "Manchester Yunayted" fondini qo‘llab-quvvatlash uchun yaxshi imkoniyat", - dedi Fergyuson. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!