08:03 / 17.02.2019
4 813

Saudiya Arabistoni shahzodasi «MYu» ni sotib olishi mumkin

Saudiya Arabistoni shahzodasi «MYu» ni sotib olishi mumkin
Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon «Manchester Yunayted» klubini sotib olishga qiziqib qolgan. Angliya klubi uchun qirollik oilasi a’zosi 3,8 milliard funt sterling (4,3 mlrd yevro) to‘lashi mumkin. Bu haqida The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bin Salmon «MYu»ni yangi mavsum boshlanishiga qadar sotib olishni istamoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, jamoaning hozirgi egalari, ya’ni Gleyzerlar oilasi 2,2 milliard funt sterling (2,51 mlrd yevro) sof foyda olishadi.

Bundan avval britaniya matbuoti Gleyzerlar «Manchester Yunayted» klubini sotishni istashmayotgani haqida xabar bergan edi. Shunga qaramay manba saudiyalik shahzodaning taklifidan keyin ushbu qarorlaridan qaytishi mumkinligini aytmoqda.

«Manchester Yunayted» klubi 26 turdan keyin musobaqa jadvalida 4-pog‘onani ban etmoqda. Ular yetakchi «Manchester Siti» va «Liverpul» klublaridan 14 ochko ortda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni shahzodasi «MYu» ni sotib olishi mumkin