Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi

  • 17 fevral 2019, 10:20
  • 1 677
  • Sport
  • Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi
    Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga yetdi.
    Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

    Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:
    Oltin medal:
    -74 kg: Nikita Rafalovich
    -87 kg: Davron Azimov
    -49 kg: Madina Mannopova
    -67 kg: Nigora Tursunqulova
    +73 kg: Svetlana Osipova
    -48 kg: Amirbek To‘rayev – (o‘smirlar o‘rtasida)
    Kumush medal:
    -54 kg: Bahrom Abdullayev
    Bronza medali:
    -54 kg: Valentin Xegay
    -57 kg: Zariya Kasimova
    -80 kg: Shuhrat Salayev.

    Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko‘tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi