Toshkentning «Bunyodkor» klubi yetakchilari ketma-ket jamoani tark etishda davom etishmoqda. Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov kabi yetakchilardan so‘ng jamoa sardori Javlon Ibrohimov ham «qaldirg‘ochlar» safidan rasman ketdi.
Uzoq yillardan buyon «Bunyodkor» tayanch yarimhimoyasining asosiy vakili bo‘lib kelayotgan Javlon Ibrohimov Janubiy Koreya quyi divizionining «Suvon» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda koreys klubi rasmiy sayti xabar qilgan.
Qayd etish kerakki, bu Koreya futbolining yetakchi klublaridan bo‘lgan «Suvon Samsung Blyuvingz» klubi emas, quyi liga vakili bo‘lgan boshqa «Suvon»dir.
Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan Ibrohimov yangi jamoasida 70-raqamda o‘ynaydi. Shartnoma shartlari va bandlari ochiqlanmagan. Ibrohimov oldinroq «Bunyodkor»dan ketgani aytilgan va unga O‘zbekistondan ham takliflar bo‘layotgandi, lekin u Koreyaga ketishni ma’qul ko‘rdi.
Shu tariqa, ayni damda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonlik legionerlar soni uch nafarga yetdi. Oldinroq Rustam Ashurmatov «Gvanju»ga, Ikrom Aliboyev esa «Seul»ga o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi