00:36 / 19.02.2019
3 947

Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi

Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi
Ertaga, 19 fevral kuni OChL saralash bahslari doirasida "Al-Nasr" - "Paxtakor" o‘yini o‘tkaziladi.
Bugun esa ana shu uchrashuvdan oldingi rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. "Championat.asia" xodimi Shahboz Beg‘amov "sherlar"ning OChL guruh bosqichiga chiqishi hal bo‘ladigan bellashuvni yoritish maqsadida BAAga yo‘l olgan.

Dubaydagi "Al Maktum" stadionida uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Al-Nasr" bosh murabbiyi Benyat San Xose va jamoa hujumchisi Alvaro Negredolar ishtirok etishdi.

Benyat San Xose: - Oldinda bizni muhim o‘yin kutib turibdi. "Paxtakor" taktik jihatdan kuchli jamoa. Ayniqsa, raqib jamoaning hujum chizig‘i kuchli. Ertaga muxlislarimizga ajoyib g‘alabani taqdim etishga harakat qilamiz. Stadionga kelgan muxlislar yuqori kayfiyatda uyga qaytishlari uchun borimizni beramiz.

- "Paxtakor" allaqachon OChLdagi ishtirokini boshlagan. "Eyr Fors" klubiga qarshi kechgan o‘yin ular uchun ertangi muhim uchrashuv oldidan yaxshigina tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Bu "Paxtakor"ga kichik ustunlik ham berishi mumkin. Keyin jamoaviy o‘yin ham yaxshi shakllangan. Futbolchilari jismoniy jihatdan kuchli tayyorgarlikka ega. To‘p bilan yaxshi muomala qiladi. Lekin, nasib qilsa ertangi o‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqamiz.

Alvaro Negredo: - Ikkala tomon uchun ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Jamoalarning g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqish imkoniyatlarini 50ga 50 baholayman. Lekin, biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Muxlislar bizning ustun tomonimiz.

"Paxtakor"ning kuchli jamoa ekanini bilamiz. Raqib hakida yetarlicha ma’lumotga egamiz. Lekin bizda uchrashuvni o‘z foydamizga hal qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.

- Mahmud Hamis o‘ynaydimi?
Murabbiy: - Ha, u maydonga tushishga tayyor. Mahmud jamoamiz uchun muhim futbolchi. Mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapti. Uning o‘zi bilan ham bu mavzuda gaplashib oldik. Jamoaga yordam berishga tayyor.

- "Sharja"dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin futbolchilar o‘ziga kelib ulgurdimi?
Murabbiy: - Ha, muhim jihat hakida gapirdingiz. Futbolchilarimiz professional. Mag‘lubiyatni esdan chiqarganmiz. Biz uchun har bir o‘yin muhim. Lekin OChL umuman boshqa darajadagi turnir. Ertaga maydonga tushadigan har bir futbolchi borini berib o‘ynashini xohlayman. Qolaversa, jarohat sabab o‘tgan uchrashuvda yordam bera olmaganlar ham safga qaytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi