09:50 / 19.02.2019
3 689

Angliya kubogi. “MYU” “Chelsi”ni magʻlub etib, chorakfinalga chiqdi (video)

Angliya kubogi. “MYU” “Chelsi”ni magʻlub etib, chorakfinalga chiqdi (video)
Angliya kubogi 1/8 finalidan oʻrin olgan soʻnggi uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi. Unda “Manchester Yunayted” safarda “Chelsi” bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida gʻalaba qozondi va chorakfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

“Manchester Yunayted”ga qadar chorakfinalga “Uotford”, “Brayton end Houv Albion”, “Milluoll”, “Manchester Siti”, “Vulverhempton”, “Kristal Pelas” va “Suonsi Siti” chiqqan edi.

Angliya kubogi. 1/8 final
Chelsi – Manchester Yunayted 0:2
Gollar:
0:1 – 31 Errera, 0:2 – 45 Pogba.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta (Dzappakosta, 82), David Luiz, Kovachich (Barkli, 71), Jorjino, Pedro (Villian, 58), Kante, Azar, Iguain.
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Errera, Matich, Pogba, Mata (Pereyra, 76), Reshford (Maktomini, 90), Lukaku (Sanches, 73).
Ogohlantirishlar: Matich (15), Yang (21), Ryudiger (60), Kante (65).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya kubogi. “MYU” “Chelsi”ni magʻlub etib, chorakfinalga chiqdi (video)