23:02 / 19.02.2019
7 156

Portugaliyaning mashhur nashri "Krishtianuni eslatuvchi Rashidov" nomli maqola yozdi

Portugaliyaning mashhur nashri "Krishtianuni eslatuvchi Rashidov" nomli maqola yozdi
Portugaliyaning mashhur "Diario Desportivo" nashri hamyurtimiz Sardor Rashidov haqida maqola yozdi.
Ushbu maqolaning sarlavhasi "Krishtianuni eslatuvchi Rashidov" deb nomlanadi.
"Benfika"dan uchralgan 10:0 hisobidagi mag‘lubiyat Rashidovning ruhini cho‘ktirib qo‘ymadi. Sobiq jamoasida 27-raqamli libosda harakat qilgan bo‘lsa-da, Qatardagi jamoasi tarkibida 10-raqamda o‘ynadi. O‘sha yerda u Krishtianu Ronaldu kabi harakat qildi.

Madeyra Portugaliyada futbolning vatani deb ataladi, bu yerning futboliga moslashish oson emas. Rashidov ilk marta Osiyodan tashqarida bo‘lgan chempionatda harakat qildi. "Nasonal" mamlakatdagi kuchli jamoalardan biri emas. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu klub o‘zbek futbolchisi uchun katta chaqiruv. Rashidov Osiyo Kubogidan oldin "Nasonal" bilan shartnoma imzolagandi. Biroq u BAAdagi turnirda o‘zini ko‘rsata olmadi.

Rashidov "Bunyodkor", "Al Jaish", "Al Jazira", "Lokomotiv" va terma tarkibida umumiy 59 gol kiritdi.
"Santa Klara" jamoani emas, Rashidovni taxlil qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliyaning mashhur nashri "Krishtianuni eslatuvchi Rashidov" nomli maqola yozdi