23:03 / 19.02.2019
3 590

Shota Arveladze: "OChL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"

Shota Arveladze: "OChL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze OChL pley-off doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida quyida fikrlarni bildirdi.
"O‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqishimiz kerakligini aytgandim. O‘yinchilarim bilan faxrlanaman, ular yaxshi jihatlarini ko‘rsatishdi. Oxirgi haftalarda qattiq mehnat qildik, barchaga rahmat aytaman. Klubimiz prezidenti Bobur Shodiyevga alohida minnatdorchilik bildiraman. U biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo etmoqda.

Biz ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Mezbonlar standart vaziyatlardan keyin keskin holatlar yaratishga urinishdi, bizda esa yaqqol vaziyatlar anchagina bo‘ldi.
O‘zbek jamoalari ushbu turnirda yaxshi ishtirok etishgan. O‘zbekistonda futbolni juda yoqtirishadi. Biz imkon boricha uzoqroq borishga harakat qilamiz. Guruhimizni, undagi jamoalarni bilamiz. Juda kuchli guruh. Biz bor imkonimizni ishga solishda davom etamiz.

OChL guruh bosqichiga yo‘l olganimizdan juda xursandmiz. "Paxtakor" boshqaruvida bunga qadar ham juda ko‘plab g‘alabalardan xursand bo‘lganman. Nafaqat natija e’tibori bilan, balki o‘yin sifatida, ajoyib kollektiv sifatida birlashganimiz ko‘p xursand qilgan. Ma’lum tanaffusdan so‘ng jamoa yana OChL guruh bosqichida ishtirok etishi nihoyatda muhim edi", - deya batafsil fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Shota Arveladze.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "OChL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"