08:13 / 21.02.2019
4 376

Gvardiola: “Messi, Xavi, Inestasiz ChLni yutolmaymanmi? To‘ppa to‘g‘ri”

Gvardiola: “Messi, Xavi, Inestasiz ChLni yutolmaymanmi? To‘ppa to‘g‘ri”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tanqidchilarining fikrlariga munosabat bildirdi.
Ayrimlar hozirgacha Gvardiolaning “Barselona”da ishlagan vaqtida qo‘lga kiritgan sovrinlariga futbolchilar asosiy sabab bo‘lganligi haqida aytib kelishadi.

“Men Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayman, chunki hozirgi jamoam safida Messi, Xavi, Inesta yo‘q? To‘ppa to‘g‘ri. Bu fikrga qo‘shilaman. Bu holatda tortishishning hojati ham yo‘q. Chunki “Barselona”da ishlagan paytimda ham aytgaman. Qo‘l ostimda ajoyib futbolchilar bo‘lgan. Shuningdek, “Bavariya”da ham, hozir “Manchester Siti”da ham ajoyib futbolchilarga ustozlik qilayapman. Ammo “Barselona”da baxtli va omadli edim. Kechirasizlaru, rostdan omadim kulib boqqan. Shu bois tanqidchilarimning fikriga qo‘shilaman”, deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola bosh murabbiyi sifatida 2009 va 2011 yillarda Yevropa chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Har ikkala holatda ham u “Barselona” bilan bu sovringa ega chiqqan. Keyinchalik u “Bavariya”ni boshqargan va nemis jamoasi bilan ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar yetib kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Messi, Xavi, Inestasiz ChLni yutolmaymanmi? To‘ppa to‘g‘ri”