09:52 / 21.02.2019
4 177

«Yuventus» Madridda «Atletiko»dan mag‘lubiyatga uchradi

«Yuventus» Madridda «Atletiko»dan mag‘lubiyatga uchradi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi ilk bahsidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin keskin kurashlar ostida boshlandi va birinchi bo‘limda ustunlik turinliklar tomonida bo‘ldi. Ammo tanaffusdan so‘ng mezbonlar vaziyatni o‘zgartirishdi. Taym o‘rtalarida Alvaro Morata gol urishga erishdi, biroq videotakrorlardan so‘ng ushbu gol bekor qilindi.
78-daqiqada madridliklar standart vaziyatni golga aylantirishdi, burchak zarbasidan so‘ng Xose Ximenes raqib himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalanib hisobni ochdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mezbonlar yana standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Diyego Godin jarima maydoniga uzatilgan to‘pni ikinchi urinishda darvozaga joylab qo‘ydi. Qolgan vaqtda mehmonlar harchand urinishmasin hisobni qisqartira olishmadi.
Shu tariqa, «Atletiko» javob o‘yini oldidan o‘zi uchun juda qulay hisobni qayd etdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, ilk o‘yin
Atletiko Ispaniya – Yuventus Italiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 78 Ximenes, 2:0 – 83 Godin.

Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Parti (Lemar, 61), Rodri Ernandes, Koke (Korrea, 67), Grizmann, Diyego Kosta (Morata, 58).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Bentankur, Pyanich (Djan, 73), Matyuidi (Joau Kanselu, 84), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 80), Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (8), Parti (45), Aleks Sandro (55), Grizmann (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» Madridda «Atletiko»dan mag‘lubiyatga uchradi