19:26 / 22.02.2019
3 695

Rossiya futbol ittifoqiga yangi prezident saylandi

Rossiya futbol ittifoqiga yangi prezident saylandi
Bugun, 22 fevral kuni Moskvada Rossiya futbol ittifoqining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidenti va Ijroqo‘m a’zolari saylandi.
Uyushma bosh rahbarligi uchun yagona da’vogar – «Zenit» direktorlar kengashi raisi Aleksandr Dyukov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, RFIni 2005 yildan buyon boshqarib kelgan Vitaliy Mutko 2018 yil oxirida lavozimini tark etdi. U bundan bir yil muqaddam – 2017 yilning dekabrida doping mojarosi tufayli FIFA talabi bilan yarim yil muddatga iste’foga chiqqandi.

Bugungi konferensiyada «Spartak» xo‘jayini Leonid Fedun, SSKA prezidenti Yevgeniy Giner va «Krasnodar» sohibi Sergey Galitskiy kabi rus futbolidagi taniqli shaxslar uyushma Ijroqo‘mi a’zoligiga saylandi.
Ijroqo‘mning yangi tarkibi 23 kishidan iborat bo‘lib, yana to‘rtta o‘rin egasi keyingi konferensiyada ma’lum bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya futbol ittifoqiga yangi prezident saylandi