09:51 / 23.02.2019
4 771

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi raqibini nokautga uchratdi (foto, video)

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi raqibini nokautga uchratdi (foto, video)
Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida faoliyat ko‘rsatadigan o‘zbekistonlik bokschi Ravshanbek Umurzoqov (7-0, 6 KO) navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi. Bu haqda GoSport.uz xabar berdi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Umurzoqovga bu safar filippinlik Rimar Metuda (12-5-1, 7 KO) raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang 4 raund davom etdi.

To‘rtinchi raundning 1:16 daqiqasi ortda qolganda Umurzoqovning ketma-ket zarbalari nihoyat natija berdi. Aynan shu daqiqada Ravshanbekning chap qo‘lda raqibning jigar qismiga bergan zarbasidan so‘ng Metuda yerga quladi va hakamning 10 soniyalik sanog‘idan so‘ng ham o‘rnidan tura olmadi. Natijada hakam nokautni qayd etdi.

Foto: e1.ru
Ushbu g‘alabadan so‘ng Ravshanbek muddatidan oldin g‘alabalari sonini 6taga yetkazib oldi. Bundan oldin u 2018 yilning 10 noyabr kuni Kelli Figeroani 6 raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi raqibini nokautga uchratdi (foto, video)