15:00 / 23.02.2019
3 804

«Lokomotiv» va «Metallurg» Superligadan chetlatilishi mumkin

«Lokomotiv» va «Metallurg» Superligadan chetlatilishi mumkin
2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablaridan kelib chiqib, PFL «Lokomotiv» va «Metallurg» klublarini Superligadan chetlatishi mumkin.
PFL avvalroq OKMK, «Lokomotiv», «Paxtakor», «Metallurg» va «Buxoro» klublarini litsenziyalash talablarini bajarmagani uchun ogohlantirgan edi. 22 fevral kuni OKMK, «Paxtakor» va «Buxoro» klublari litsenziyalash talabini to‘liq bajarish yuzasidan kafolat xati taqdim etishdi. «Lokomotiv» va «Metallurg» klublari taqdim etgan xat esa PFL uchun tushunarsiz bo‘ldi, deb yozadi tashkilot sayti.

Bugun, 23 fevral kuni PFL Superliga klublarining amalga oshirgan ishlari yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot taqdim etadi. Litsenziyalash bo‘yicha qo‘mita esa ishni o‘rganib, o‘z xulosasini beradi.
Qayd qilish joizki, «Lokomotiv» va «Metallurg» klublarining xatida nimalar tushunarsiz bo‘lgani xabarda keltirilmagan.
Qoidaga ko‘ra, litsenziyalash talablarini bajarmagan klublar Superligadan chetlatilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» va «Metallurg» Superligadan chetlatilishi mumkin