19:52 / 23.02.2019
3 377

Andrey Fyodorov: "Faoliyatimdagi ilk Superkubokni qo‘lga kiritdim"

Andrey Fyodorov: "Faoliyatimdagi ilk Superkubokni qo‘lga kiritdim"
O‘zbekiston Superkubogi doirasida kechgan "Lokomotiv" - AGMK o‘yinidan (2:1) so‘ng "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Fyodorov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun juda ko‘p jurnalist to‘planibdi. Demak, Superkubok qiziq o‘tgan. Men o‘z faoliyatimda ilk bor Superkubokni qo‘lga kiritdim. O‘tgan mavsumdagi o‘zaro ikki o‘yinda AGMKning o‘yinini yaxshi o‘rgangan edik. Ikkinchi golni kiritgach esa yigitlar biroz bo‘shashishdi va gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay g‘alabani saqlab qola oldik.

Amonov birinchi navbatda jamoaga kirishib ketishi lozim. Albatta, hamma kuchli futbolchilarni istaydi. Hamma bizni kuchsizlangan deb o‘ylamoqda, men esa unday deb hisoblamayman. Biz mavsumga tayyormiz. Taqvim? Taqvimning kech chiqishi menimcha u qadar katta muammo tug‘dirmaydi", - dedi Fyodorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Faoliyatimdagi ilk Superkubokni qo‘lga kiritdim"