Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional boksda navbatdagi g‘alabasiga erishdi.
Meksikaning Tixuana shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puertaga qarshi ringga ko‘tarilib, muddatidan avval g‘alabaga erishdi.
8 raund uchun mo‘ljallangan jangning beshinchi raundda Shahram G‘iyosovning ketma-ket zarbalaridan so‘ng raqib muvozanatni yo‘qotdi. Shu sababli hakamlar bahsni to‘xtatishdi va Shahram jangni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal qildi.
Mazkur bahs orqali G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38 taga yetdi. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 12 marta mag‘lubiyatga uchragan (6 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?