21:22 / 24.02.2019
3 463

«Manchester Yunayted» – «Liverpul» o‘yinida nursiz durang qayd etildi

«Manchester Yunayted» – «Liverpul» o‘yinida nursiz durang qayd etildi
Angliya chempionatining 27-turida «Manchester Yunayted» klubi o‘z maydonida «Liverpul» futbolchilarini qabul qildi. Turning markaziy uchrashuvida bironta ham gol kiritilmadi.
O‘yin juda ham jiddiy va jarohatlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq jarohat sababli «Manchester Yunayted» ustozi Ule-Gunnar Sulsher 3 ta majburiy o‘zgarishni amalga oshirdi. Maydonni Ander Errera, Xuan Mata va Jessi Lingard tark etdi. «Liverpul» safida esa birinchi bo‘limda Robert Firmino chiqib ketdi.
Tanaffusdan so‘ng ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq darvozalar dahlsiz qoldi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» 52 ochko bilan beshinchi o‘ringa tushib ketdi, «Liverpul» esa ochkolarini 66taga yetkazdi va «Manchester Siti»ni bir ochkoga ortda qoldirib peshqadam bo‘lib turibdi.

Angliya chempionati 27-tur
«Manchester Yunayted» – «Liverpul» 0:0 (0:0, 0:0)


«Manchester Yunayted» – De Xea, Yang, Smolling, Shou, Lindelef, Pogba, Errera (Pereyra, 21), Maktomini, Mata (Lingard, 25; Sanches, 43), Reshford, Lukaku.
«Liverpul» – Alisson, Robertson, van Deyk, Matip, Xenderson (Shakiri, 72), Milner, Veynaldum, Fabino, Mane, Firmino (Starridj, 31), Salax (Origi, 79).
Ogohlantirishlar: Milner (23), Yang (81), Shakiri (83), Veynaldum (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» – «Liverpul» o‘yinida nursiz durang qayd etildi