12:33 / 27.02.2019
4 583

Ispaniya Kubogi. Bugun «Real» o‘zida «Barselona»ni qabul qiladi

Ispaniya Kubogi. Bugun «Real» o‘zida «Barselona»ni qabul qiladi
Bugun «Santyago Bernabeu» stadionida navbatdagi «El klasiko» bo‘lib o‘tadi. O‘zaro prinsipial raqiblar Ispaniya Kubogi yarim finalining javob bahsida maydonga tushishadi.
«Kamp Nou»dagi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakun topgandi. O‘shanda Santyago Solari shogirdlari dastlabki bo‘limda ancha yaxshi taasurot qoldirishgandi. Biroq o‘sha bahsda katalonlar yetakchisi Lionel Messi o‘yinni asosiy tarkibda boshlamagandi.

«Real» so‘nggi vaqtlarda yaxshi natijalar qayd etmoqda, biroq qaymoqranglilarning himoyasida ahvol yaxshi emas. Jamoa so‘nggi beshta o‘yinning barchasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi va ularning uchtasi 2:1 yoki 1:2 hisobida bilan yakunlangan. Ya’ni madridliklar hech bir o‘yinni osonlikcha o‘z foydalariga hal qila olmayaptilar. Buning ustiga vaziyatlardan unumli foydalanishda ham «Qirollik klubi» juda oqsamoqda.

«Barselona»da esa boshqacha muammolar bor. Katalonlar ayni damda juda qiyin taqvimni boshdan kechirmoqdalar. So‘nggi beshta o‘yinning uchtasida «Barsa» nomdor raqiblar bilan kuch sinashdi, oldinda esa yana ikkita klasiko kutib turibdi. Bugun mehmonlar oldida oson bo‘lmagan vazifa turibdi, jamoa finalga yo‘l olish uchun g‘alaba qozonishi yoki jangovar durang qayd etishi kerak bo‘ladi.

«Real» so‘nggi bor klasikoda 2017 yilning 16 avgustida Ispaniya Superkubogi doirasidagi bahsda g‘alabaga erishgandi. Shundan so‘ng jamoalar o‘zaro to‘rt bor to‘qnash kelishdi, ularning ikkitasi durang bilan yakun topgan bo‘lsa, qolganida ko‘k-anorranglilar umumiy 8:1 hisobida g‘alabaga erishganlar.

So‘nggi 28 «El klasiko»ning 24 tasida kamida 3 va undan ortiq to‘p kiritilgan. Shu bilan birga «Real» o‘z maydonidagi so‘nggi 8 o‘yinning yettitasida «Barsa»ga ikkitadan ortiq gol ura olmayapti.
«Real» Ispaniya Kubogi doirasidagi so‘nggi 39 o‘yinning 35 tasida yutqazmay kelmoqda.

Xullas bugun dunyoning eng kuchli ikki klubi ishtirokida navbatdagi klassik bahsga guvoh bo‘lamiz. O‘yin bugun tunda 01:00da start oladi. Uchrashuv Rossiyaning MATCh TV telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya Kubogi. Bugun «Real» o‘zida «Barselona»ni qabul qiladi