Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7-0, 6 KO) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.
E’tiborli tomoni, mazkur boks oqshomining markaziy jangida ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangda ishtirok etadi.
Inglvudda bo‘lib o‘tadigan mazkur boks oqshomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan tashkil qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi