Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan «Real» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuv kutilganidek keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda kichik ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi. Madridliklar raqib darvozasi oldida bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq so‘nggi zarbalardagi noaniqlik ularga pand berdi.
Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi, biroq katalonlar bitta qarshi hujum bilan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 50-daqiqada Usmon Dembelening jarima maydoniga uzatgan to‘pini Luis Suares darvozaga joylab qo‘ydi.
Shundan keyin madridliklar bosimni yana oshirishdi, biroq hujumlarning hech biri samara bermadi. 69-daqiqada o‘ng qanotdan tezlik olgan Dembele to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Rafael Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Oradan ko‘p o‘tmay Kazemiro o‘z jarima maydoni ichida Suaresni qo‘pollik ishlatib to‘xtatdi. Penaltini jabrlanuvchining o‘zi aniq bajarib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, «Real» o‘yinning ko‘p qismida ustunlik qilgan bo‘lsada «Barselona»dan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi musobaqani tark etdi. Katalonlar finalda «Valensiya» — «Betis» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadilar.
Ispaniya Kubogi
Yarim final, javob bahsi
Real Madrid – Barselona 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 69, avtogol Varan, 0:3 – 73, penalti Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutino, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).
Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).
Ilk o‘yin: 1:1
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi