11:30 / 02.03.2019
4 427

A va V Pro-liga ishtirokchilari kimlar boʻlishi mumkin?

A va V Pro-liga ishtirokchilari kimlar boʻlishi mumkin?
2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etishi maʼlum. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida toʻp suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Hozirda “Mashʼal”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Shoʻrtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “Sherdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin.

V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa koʻproq. Ayni vaqtda quyidagi klublar PFL bayrogʻi ostidagi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan:

“Orol”
“Lokomotiv-BFK”
“Bunyodkor-2”
“Yashnobod”
“Norin”
“Iftixor”
“Imkon-Oltiariq”
“Yangiyer”
“Gʻijduvon”
“Zomin”
“Yozyovon”
“Andijon-2”
“Xisor”
“Rubin”.

Ikki yildan buyon 2-ligalar gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish oʻyinlari oʻtkazilmay kelayotganidan Professional futbol ligasi yaxshi xabardor. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda PFL kubogiga asos solingan. Mazkur musobaqa 2-liga gʻoliblari uchun oʻtish oʻyinlari vazifasini ham oʻtab beradi. Sharti — 2-liga gʻoliblari V Pro-ligasi uchun talablarga javob berishlari kerak. Litsenziyalash talablarini shu havola orqali koʻchirib olish mumkin. Quyida esa 2-liga musobaqalarining barcha gʻoliblari koʻrsatib oʻtilgan:

“Oqtepa” (Toshkent)
“Ammafos-Maksam” (Olmaliq, Tosh. viloyati)
“Rash Milk” (Shahrixon, Andijon)
“Neftchi” (Chortoq, Namangan)
“Turon” (Oʻzbekiston, Fargʻona)
“Akademiya” (Yangiyer, Sirdaryo)
“Boʻston” (Zarbdor, Jizzax)
“Zarbuloq” (Narpay, Samarqand)
“Zarangar” (Gʻijduvon, Buxoro)
“Nasaf-2” (Qarshi, Qashqadaryo)
“Dinamo” (Termiz, Surxondaryo)
“Navoiyazot” (Navoiy)
“R.Madaminov” (Xiva, Xorazm)
“Nukus” (Qoraqalpogʻiston)

Maʼlumot uchun, PFL kubogida gʻolib chiqqan bir yoki bir nechta klubga A Pro-ligada ishtirok etish uchun imtiyozli yoʻllanma taqdim etiladi. Qolgan klublar esa V Pro-ligada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Yuqorida nomlari koʻrsatilgan jamoalar V Pro-ligasi talablariga javob bersa, tezlik bilan Professional futbol ligasiga aloqaga chiqishlari soʻraladi. Kelayotgan hafta PFL komissiyasi viloyatlarga yoʻl oladi va har bir klubni nazoratdan oʻtkazadi. Qayd etish kerak, Oʻzbekistonda transfer oynasi 7 mart kuni yopiladi. PFL kubogi ishtirokchilari nomi esa tez orada maʼlum qilinadi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A va V Pro-liga ishtirokchilari kimlar boʻlishi mumkin?