Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon oʻtkazishi aniq boʻldi

  • 02 mart 2019, 14:03
  • 1 268
  • Sport
  • Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon oʻtkazishi aniq boʻldi
    Oʻzbekistonlik bokschilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

    Unga koʻra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9 mart kuni oʻtkazadi. Uning raqibi va jang qayerda boʻlishi haqidagi maʼlumot yaqin soatlar ichida eʼlon qilinadi.

    Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilib, vakilimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.

    Eslatib oʻtamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta professional boksda jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokuat), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta magʻlubiyatga uchragan.

    Avvalroq, Shohjahon Ergashev WBAʻning yangilangan reytingida bir pogʻona yuqorilagani, Shahram Gʻiyosov reytingni tark etgani xabar qilingandi.

    » » Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon oʻtkazishi aniq boʻldi