22:08 / 02.03.2019
3 717

“Lokomotiv” futbolchisi OFK nigohida

“Lokomotiv” futbolchisi OFK nigohida
OFK rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslari boshlanishidan oldin ishtirokchi klublar safiga kelib qoʻshilgan eng yaxshi 10 nafar futbolchi haqida maqola chop etdi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu futbolchilar orasida “Lokomotiv” yarim himoyachisi Arslonmurod Amanovham bor. Maʼlumki, turkmanistonlik yarim himoyachi oʻtgan yilni “Buxoro” klubida oʻtkazdi va mavsum yakunlangach erkin agent sifatida “Lokomotiv” tarkibiga qoʻshildi.

Quyida OFK sayti versiyasiga koʻra yangi klub safida OCHLda oʻynaydigan eng yaxshi 10 nafar futbolchini keltirib oʻtamiz:
1. Sebastyan Jovinko (“Toronto” – “Al Hilol”, Saudiya Arabistoni)
2. Rizo Guchannajod (APOEL – “Sidney” FK, Avstraliya)
3. Shoya Nakajima (“Portimonense” – “Al Duhayl”, Qatar)
4. Leandro Damiao (“Internasonal” – “Kavasaki Frontale”, Yaponiya)
5. Mehdi Torabi (“Saypa” – “Persepolis”, Eron)
6. Maruan Fellayni (MYU – “Shandong Luneng”, Xitoy)
7. Medhi Benatia (“Yuventus” – “Al Duhayl”, Qatar)
8. Arslonmurod Amanov (“Buxoro” – “Lokomotiv”, Oʻzbekiston)
9. Leandro Velaskes (“Johor Darul Tazim”, Malayziya)
10. Luong Xuan Truong (“Xoang An Gia” – “Buriram Yunayted”, Tailand)

OFK sayti Arslonmurod Amanovga shunday taʼrif bergan: “Lokomotiv” uchun bu yil Turkmaniston terma jamoasi sardorini oʻz safiga qoʻshib olishi eng katta transfer boʻlishi mumkin. 28 yoshli futbolchi Osiyo Kubogida oʻzini koʻrsatishga harakat qildi va Yaponiya terma jamoasi darvozasiga juda chiroyli toʻp kiritdi. Amanov bungacha “Oltin Asr” klubi bilan 2008, 2009, 2010 yillarda OFK Prezidenti Kubogida va 2017 yil OFK Kubogida ishtirok etgan. Mana endi Osiyo chempionlar ligasida ham oʻzini sinab koʻradi.

Manba: www.lokomotiv.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv” futbolchisi OFK nigohida