07:24 / 03.03.2019
3 554

Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyi: “Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlar biz uchun juda foydali”

Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyi: “Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlar biz uchun juda foydali”
Xabaringiz bor, bugun Oʻzbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi “Turkish Womenʻs Cup 2019” xalqaro musobaqasida Ruminiyaga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Oʻyindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Bugun terma jamoamiz futbolchilari juda yaxshi harakat qilishdi. Avvalgi oʻyinda Hindistonni magʻlubiyatga uchratgandik. Afsuski, bugun magʻlub boʻldik. 37-daqiqada raqib imkoniyatndan unumli foydalanib, gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Shogirdlarimning bugungi harakatidan qoniqish hosil qildim. Yana bir narsani taʼkidlab oʻtish kerak. Bugungi oʻyinda hakamlik juda yomon boʻldi. Youtube saytida mazkur oʻyin videosi bor. Istaganlar kirib koʻrishlari mumkin. Agar hakamlar adolatli boʻlishganda, bugungi natija umuman boshqacha ham boʻlishi mumkin edi. Ammo biz natija uchun oʻynamadik. Asosiy maqsadimiz shunday oʻyinlarda asosiy tarkibni shakllantirib olishdan iborat. Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlar biz uchun juda foydali.

Oldimizda Olimpiada saralashi bahslari kutib turibdi. “Turkish Womenʻs Cup 2019” xalqaro musobaqasi orqali boʻlajak saralash oʻyinlariga tayyorgarlik koʻryapmiz. Oʻz oʻrnida, bizga mana shunday musobaqalarda qatnashib, munosib tayyorgarlik koʻrish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratib berayotgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib oʻtmoqchiman. Xudo xohlasa, Olimpiada saralashida yaxshi qatnashib, Tokio-2020 musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga harakat qilamiz", - dedi Bahrom Norsafarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyi: “Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlar biz uchun juda foydali”