Shohjahon Ergashevga “Malibu” sovgʻa qilindi

  • 02 mart 2019, 18:37
  • 4 587
  • Sport
  • Shohjahon Ergashevga “Malibu” sovgʻa qilindi
    Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan Shohjahon Ergashevga (16-0, 14 KO) Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan “Malibu” avtomobili sovgʻa qilingan. Bu haqda “GoSport.uz” xabar bermoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, federatsiya rahbari Isroil Yunusov Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangdagi gʻalabasiga mukofot sifatida avtomobilni taqdim etgan. Agar Shohjahon chempionlik kamarini qoʻlga kiritadigan boʻlsa, unga beriladigan mukofot yanada katta boʻlishini taʼkidlagan.

    Eslatib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev fevral oyida amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5 KO) qarshi qiyin kechgan jangda ochkolar evaziga gʻalaba qozongandi.

    Ushbu jangidan keyin Shohjahon murabbiyini oʻzgartirdi. Endi u Menni Pakyaoning ustozi bilan ishlaydi.
    1 mart kuni eʼlon qilingan VBA reytingida Ergashev bir pogʻona yuqorilab, 4-oʻrindan joy olgandi.

    » » Shohjahon Ergashevga “Malibu” sovgʻa qilindi