18:04 / 03.03.2019
3 600

Solari “Barselona” bilan oradagi 12 ochkolik farq haqida gapirdi

Solari “Barselona” bilan oradagi 12 ochkolik farq haqida gapirdi
“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 26-turi doirasida “Barselona”dan (0:1) uchralgan magʻlubiyatga izoh berdi.
-Biz turli xil oʻyin uslublarini sinovdan oʻtkazdik, osonlikcha taslim boʻlmadik. Bu har ikkala jamoa uchun jiddiy, qiyin va katta bosim ostidagi oʻyin edi. Agar shunday oʻynamasang, gʻalaba qozona olmaysan. Agar oʻyinni maʼlum qismlarga boʻlib qaraydigan boʻlsak, “Real” oʻz oʻyinini namoyish eta oldi. Biz nima qilish lozim boʻlsa, hammasini bajarishga erishdik. Bizga faqat gol yetishmadi. Raqib darvozasiga 20 ta zarba yoʻllashga erishdik.

-Gol kiritilmaganidan xafamisiz?
-Biz oʻz ishimizda davom etishimiz kerak. Ayrim jihatlarni yanada yaxshilash ustida ishlashimiz lozim.

-“Real”da faqat bitta sovrin yutish imkoniyati qoldi. YECHL....
-Nima uchun bitta?

-Ha, matematik jihatdan olib qarasak La Ligada gʻolib chiqish imkoniyati ham bor. Ammo...
-Shubhasiz, 12 ochko sezilarli farq. Ammo biz taslim boʻlmaymiz, oxirigacha kurash olib boramiz.

-Beyl ishonchingizni oqlamadimi?
-Bu taxlit savolga javob berishni istamayman. Barcha futbolchilar imkon boricha harakat qilishdi. Ammo “Barselona” gol urdi, biz esa yoʻq. Hamma farq mana shunda.

-Muxlislar Beylga hushtak chalishdi, Iskoni esa olqishlashdi...
-U klub uchun katta hajmdagi ishlarni bajargan va boshqalar singari hurmatga loyiq oʻyinchi. Ammo muxlislarning oʻzlariga xos qarorlari bor.

-Siz Kroosni zahiraga oldingiz. Bunaqasi kamdan kam roʻy berardi. Uning oʻrniga Valverde maydonga tushdi...
-Biz Valverde bilan muvaffaqiyatga erishishga urinib koʻrdik. Yosh futbolchilar oʻyinimizni kuchaytirishga erishishmoqda. Yangi nomlar chiqmoqda. Bu futbol. Federiko hali yosh. Oʻylaymanki, uni ham Vinisius, Regilonniki singari kelajak kutmoqda,-deydi qirollik klubi murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Solari “Barselona” bilan oradagi 12 ochkolik farq haqida gapirdi