Valverde: “Messi oʻzga sayyoralik. U toʻp bilan boʻlsa, doim nimadir sodir boʻladi”

  • 03 mart 2019, 20:16
  • 1 790
  • Sport
  • Valverde: “Messi oʻzga sayyoralik. U toʻp bilan boʻlsa, doim nimadir sodir boʻladi”
    “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 26-turi doirasida “Real” ustidan (1:0)qozonilgan gʻalaba haqida gapirdi.
    -Biz ikkinchi yildan buyon chempionatda taʼqibchilarimizdan katta ochko bilan oldinda borayapmiz. Vaqt oʻtishi bilan bunga munosib baho berishadi. Ammo oldimizda hali uzoq yoʻl bor.

    -“Real” “oʻldimi”?
    -Ular koʻplab bahslarda gʻalabaga erishishlari mumkin. “Atletiko” ham bor. Madridni hisobdan chiqarsak, magʻlub boʻlishni boshlab yuborishimiz mumkin.
    90 daqiqalik xavotirdan soʻng biz oʻzimiz ham hali qanday natijaga erishganimizni his qila olganimiz yoʻq. Ammo muxlislarimiz baxtli. Avvalgi bahsda biz oʻyinni oʻz nazoratimizga olishga uringandik. Biroq kerakli darajada buni amallay olmagandik. Bugun yaxshiroq oʻynadik, deya olaman.
    Agar ikkinchi golni urganimizda, oʻyin oxiridagi boshogʻriqlardan qutulardik. Biroq raqibga imkon qoldirdik. Soʻnggi daqiqalarni xavotir bilan oʻtkazdik.

    -Messi haqida nima deysiz?
    -Uning aytishicha, hammasi joyida. U barcha futbolchilar singari bor kuchi bilan harakat qildi. Messi-oʻzga sayyoralik. Har doim u toʻp bilan muomalada, nimalardir oʻylab topishga urinadi.

    -Rakitich haqida qanday fikrdasiz?
    -Ivan juda tartibli va intizomli futbolchi. Oʻyin boshidan oxirigacha, mavsum boshidan soʻnggigacha. Juda qadrli futbolchi.

    -Siz muxlislar koʻz oʻngida ularda oʻzingizga boʻlgan ishonchni orttirdingiz...
    -Bilmadim. Bilishniyam istamayman. Menga farqi yoʻq. Men jamoam yaxshi oʻynashi va gʻalaba qozonishini istayman,- deydi murabbiy.

    » » Valverde: “Messi oʻzga sayyoralik. U toʻp bilan boʻlsa, doim nimadir sodir boʻladi”