19:23 / 03.03.2019
4 109

Endi Osiyo oʻyinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi

Endi Osiyo oʻyinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi
Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi oʻz ishini davom ettirmoqda. Ushbu tadbir davomida mutasaddilar qator masalalarni koʻrib chiqishmoqda. Bu haqida MOQ xabar beradi.

Jumladan, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi Osiyo oʻyinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadigan boʻldi. Bosh Assambleya ishtirokchilari Okeaniya mamlakatlarini ham qitʼamiz sport bayrogʻi ostida birlashtirish uchun ushbu qarorni maʼqullashdi.

Bunday jarayon 2017 yili Turkmaniston poytaxtida oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi va jangovor sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida sinovdan oʻtkazilgan. Oʻsha musobaqada Okeaniya mamlakatlaridan Fiji 1 tadan oltin va kumush medallarini jamgʻarib, ushbu mintaqa vakillari orasida yetakchi boʻlgandi.

“Okeaniya va Osiyo koʻplab jihatlarda bir-biriga juda yaqin. Ana endi sport boʻyicha birlashmoqdamiz. Bu yangilikni eʼlon qilishdan boshimiz koʻkka yetdi”, – deydi Okeaniya Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Robin Mitchel.

Shu tariqa 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi Osiyo oʻyinlarida qitʼadoshlarimiz qatorida Okeaniya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan atletlar ham medallar uchun bahs olib borishadi. Biroq Okeaniya mamlakatlari qaysi sport turlarida va qancha sportchi bilan ishtirok etishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi. Shuningdek, anjuman davomida boks va akademik eshkak eshish sport turlari boʻyicha Olimpiya yoʻllanmalarini beradigan musobaqalarni ikki mintaqa sportchilari uchun birga oʻtkazish masalasi ham koʻrib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Osiyo oʻyinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi