Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Axmadjonov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.
2 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi oʻz ishini boshladi. Birinchi kuni Osiyo Olimpiya kengashining ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qoʻmitasi va doimiy komissiyasiga aʼzolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qoʻllab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻldi”, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.
«Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga gʻurur bagʻishlaydi, shu bilan birga bu katta masʼuliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qoʻmitasi aʼzolari safidan oʻrin olishdir. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman«, – degan Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»