10:51 / 04.03.2019
2 836

APL. “Chelsi” gʻalabaga erishdi, “Liverpul” esa “Everton”ni yuta olmadi

APL. “Chelsi” gʻalabaga erishdi, “Liverpul” esa “Everton”ni yuta olmadi
3 mart, yakshanba kuni futbol boʻyicha Angliya premyer ligasining 29-turi doirasida 3 ta bellashuv boʻlib oʻtdi.
Mauritsio Sarri qoʻl ostidagi Londonning “Chelsi” klubi mehmonda “Fulhem” bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Gonsalo Iguain hisobni ochgan boʻlsa, 27-daqiqa Kalum Chembers hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa oʻtib, Jorjino londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Mazkur hisob oʻyin soʻngiga qadar oʻzgarmay qoldi.

Shu tariqa “aristokratlar” safarda kechgan oʻyinda kichik hisobda gʻalaba qozonib, muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi.
Turning soʻnggi oʻyinida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” “Everton”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan boʻlishib oldi.
Taʼkidlash joiz, “Liverpul” 29-turdan soʻng musobaqa jadvalidagi yetakchiligini “Manchester Siti”ga boy berib qoʻydi. Ayni damda mersisaydliklarda 70 ochko mavjud, manchesterliklarda esa 71.

29-turdan soʻng musobaqa jadvalidagi holat:

APL
29-tur bahslari
3 mart, yakshanba
“Uotford”—“Lester” 2:1
Gollar:
1:0 — 5 Dini, 1:1 — 75 Vardi, 2:1 — 90 Gray

“Fulhem”—“Chelsi” 1:2
Gollar:
0:1 — 20 Iguain, 1:1 — 27 Chembers, 1:2 — 31 Jorjino

“Everton”—“Liverpul” 0:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Chelsi” gʻalabaga erishdi, “Liverpul” esa “Everton”ni yuta olmadi