11:48 / 04.03.2019
3 664

“Yuventus” safarda “Napoli”ni taslim etdi (video)

“Yuventus” safarda “Napoli”ni taslim etdi (video)
Italiya chempionatining 26-turidan oʻrin olgan “Napoli” – “Yuventus” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “San-Paolo” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq 25-daqiqada mezbonlar kamchilik boʻlib qolishdi. Neapollliklar darvozaboni Aleks Meret Krishtianu Ronalduni toʻxtaib qolgani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochkaga loyiq koʻrildi.

Belgilangan jarima zarbasini Miralem Pyanich qoyilmaqom ijro etib hisobni ochgan boʻlsa, 39-daqiqada Emre Jan jarima maydoniga uzatib berilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

Ikkinchi boʻlim debyutida endi Miralem Pyanich maydondan chetlatildi. Shundan soʻng mezbonlar faollikni oshirishdi. 61-daqiqada Xose Kalyexon hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. 84-daqiqada muvozanat tiklanishi mumkin edi, biroq Lorenso Insinye penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Shu tariqa, “Yuventus” ochkolarini 72 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni yanada mustaxkamladi va “Napoli”dan (56) endi 16 ochkoga oldinda bormoqda.

A Seriya, 26-tur
Napoli – Yuventus 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar:
0:1 – 28 Pyanich, 0:2 – 39 Jan, 1:2 – 61 Kalyexon.
Napoli – Meret, Malkyui (Mertens, 46), Maksimovich, Kulibali, Xyusay, Kalyexon (Una, 78), Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Milik (Ospina, 27), Insinye.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu (De Shilo, 61), Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro, Bernardeski (Dibala, 85), Jan, Pyanich, Matyuidi, Manjukich (Bentankur, 74), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (34), Joau Kanselu (54), Maksimovich (77), Aleks Sandro (83), Kulibali (86), Allan (89), Bentankur (89), Dibala (90).
Chetlatishlar: Meret (25), Pyanich (47).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” safarda “Napoli”ni taslim etdi (video)