19:05 / 04.03.2019
5 184

Kurash 2022 yilgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritildi

Kurash 2022 yilgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritildi
Oʻzbek kurashi 2022 yil Xitoyning Xangjou shahrida oʻtkaziladigan XIX yozgi Osiyo oʻyinlarining musobaqalar dasturiga kiritildi. OʻzAʻning yozishicha, bu 2-3 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpiya kengashining navbatdagi Bosh Assambleyasida rasman tasdiqlangan.

Maʼlum qilinishicha, Xangjouda 40 ta sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi. Jakarta-2018 dasturidan 42 ta sport turi oʻrin olgandi. Qolaversa, Indoneziyadagi musobaqada ishtirokchilar soni ham 11 720 nafarni tashkil etgan boʻlsa, Xitoyda bu boradagi koʻrsatkich 10 000 nafarga kamayishi aytib oʻtildi.

Shuningdek, 2022 yilgi Osiyo oʻyinlari dasturida kriket ham bor. Bu sport turi 2010 yil Guanchjou hamda 2014 yil Incheonda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlari musobaqalariga kiritilgan, ammo 2018 yilgi Indoneziyadagi turnir dasturidan chiqarilgan oʻrin olmagan edi.

Olimpiya tasnifiga kirmagan sport turlari orasida shaxmat, jiu-jitsu, kabbadi, kurash, sepak takrav, rolikda uchish va u-shu ham Xangjou-2022ning rasmiy musobaqalari dasturiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon Toshkentda boʻlgan va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashgan edi. Unda Muzokaralar yakunida Osiyo oʻyinlarining kurash bahslarida vaznlar toifasini koʻpaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Endilikda 2022 yilgi Osiyo oʻyinlaridan boshlab kurash bahslari 15 ta vazn toifasida (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) tashkil etiladi. Shuningdek, erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy bellashuvlar ham oʻyinlar dasturidan oʻrin oladi. Shu tariqa, oʻzbek milliy sporti nufuzi Osiyo oʻyinlarida yanada koʻtariladi va kurash bahslarda umumiy hisobda 17 ta medallar jamlanmasi oʻynaladi.

Maʼlumot uchun, 2018 yilgi Osiyo oʻyinlarida oʻzbek kurashi ilk marotaba musobaqa dasturidan oʻrin olgan va 7 ta vazn toifasida bahslar tashkil qilingan edi. Unda oʻzbekistonlik 14 kurashchidan 12 nafari medal olishga muvaffaq boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kurash 2022 yilgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritildi