21:16 / 04.03.2019
4 454

“Oltin butsa” uchun kurash qanday ketmoqda?

“Oltin butsa” uchun kurash qanday ketmoqda?
Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari toʻpurariga beriladigan anʼanaviy “Oltin butsa” mukofoti uchun kurashayotganlar roʻyxatida joriy haftadagi oʻyinlardan soʻng baʼzi oʻzgarishlar boʻldi.

Kecha “Atalanta”ning 36 yoshli forvardi Fabio Kvalyarella dubl qayd etdi va roʻyxatda 3-oʻrinda borayotgan Krishtian Ronalduga tenglashib oldi. “Barselona” forvardi Lionel Messi esa hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda. Undan bir pogʻona pastda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bormoqda.

Quyida “Oltin butsa”ga daʼvogarlik qilayotgan futbolchilarning kuchli oʻnligi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Lionel Messi (“Barselona”): 25 gol, koef. 2 - 50 ochko;
2. Kilian Mbappe (PSJ): 24 gol, koef. 2 - 48 ochko;
3. Fabio Kualyarella (“Sampdoriya”): 19 gol, koef. 2 - 38 ochko;
4. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”): 19 gol, koef. 2 - 38 ochko;
5. Kshishtof Pyontek (“Milan”): 18 gol, koef. 2 - 36 ochko;
6. Serxio Aguero (“Manchester Siti”): 18 gol, koef. 2 - 36 ochko;
7. Edinson Kavani (PSJ): 17 gol, koef. 2 - 34 ochko;
8. Muhammad Saloh (“Liverpul”): 17 gol, koef. 2 - 34 ochko;
9. Robert Skov (“Kopengagen”): 22 gol, koef. 1,5 - 33 ochko;
10. Luis Suares (“Barselona”): 16 gol, koef. 2 - 32 ochko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Oltin butsa” uchun kurash qanday ketmoqda?