17:59 / 04.03.2019
3 746

“Lokomotiv” OCHL guruh bosqichini gʻalaba bilan boshladi

“Lokomotiv” OCHL guruh bosqichini gʻalaba bilan boshladi
Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Al-Vahda” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishdi, burchakdan uzatilgan toʻpni Anzur Ismoilov darvozabon maydonchasiga tashlab berdi, u yerda Timurxoʻja Abduxoliqov ikki urinishda boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

Goldan soʻng toshkentliklar faollikni susaytirishmadi va yana ber nechta qulay imkoniyatlarga ega boʻlishdi. Biroq tanaffusga qadvr hisob oʻzgarmadi. Biroq tanaffusga qadar hisob oʻzgarmadi.

Ikkinchi boʻlim dastlabkisidan farqli ravishda nisbatan sokin ruhda boshlandi. Boʻlimning dastlabki daqiqalarida ustunlik mehmonlar tomonida boʻldi. Taym oʻrtalariga borib mezbonlar tashabbusni oʻz qoʻllariga oldilar.

Shu tariqa, Loko guruh bosqichini gʻalaba bilan boshladi.

OCHL-2019, 1-tur
“Lokomotiv” – “Al-Vahda” 2:0
Gol:
1:0 – 5 Abduxoliqov, 2:0 – 90+3 Toʻxtaxoʻjayev.

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismoilov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzayev, 11. Timurxoʻja Abduxoliqov, 17. Husniddin Gʻofurov, 20. Islom Toʻxtaxoʻjayev, 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 33. Oleg Zoteyev, 77. Diyorjon Turopov.
Zaxira: 12. Maʼmur Ikromov, 9. Filipp Rayevas, 19. Avazbek Oʻlmasaliyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 70. Alisher Shogʻulomov, 71. Arslonmurod Amonov, 88. Igor Yelich.

“Al-Vahda”: 1. Muhammad Al Shamsi, 2. Muhammad Al Menhaliy, 5. Muhammad Al Bosit, 6. Sulton Al Gʻafriy, 8. Hamad Ismoil, 11. Sabastan Taliabuye, 23. Rim Chan Vu, 37. Ahmad Rashid, 42. Leonardo De Sousa, 46. Mansur Al Harbi, 52. Husain Abbos.
Ogohlantirishlar: Hoshimov 7.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv” OCHL guruh bosqichini gʻalaba bilan boshladi