13:08 / 05.03.2019
3 809

Shota Arveladze: “Persepolis”ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz

Shota Arveladze: “Persepolis”ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz
Xabaringiz bor bugun “Paxtakor” Chempionlar Ligasi 1-turida Tehronda “Persepolis” mehmoni boʻladi. Kecha esa ushbu bahs oldidan murabbiy va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Uning birinchi qismida “sherlar” ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.

- Bu bizning guruh bosqichidagi birinchi oʻyinimiz, ogʻir oʻyin kutib turibdi. Ular oʻtgan yili finalda oʻynashgan. Judayam yaxshi futbol namoyish qiladigan jamoa. Muxlislar stadionni deyarli toʻldirib oʻtirishadi. Bu esa ajoyib futbol muhitini taqdim etadi.
Biz kimga qarshi oʻynayotganimizni yaxshi bilamiz. Ularning avvalgi mavsumdagi va joriy yildagi oʻyinlarini oʻrganib chiqdik. Bu jamoa kuchini bilamiz.
Raqib koʻplab oʻzgarishlar qildi deb oʻylamayman. 2-3 futbolchi ketdi, lekin oʻsha murabbiy va falsafa qolgan. Ular agressiv oʻyin koʻrsatishadi, jipsqoqlik bilan harakat qilishadi.

Eslatib oʻtamiz, “Persepolis” – “Paxtakor” uchrashuvi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Persepolis”ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz