19:30 / 05.03.2019
3 690

“Coca Cola” 2019 yil uchun Superliga hamda Oʻzbekiston kubogining titul homiysiga aylandi

“Coca Cola” 2019 yil uchun Superliga hamda Oʻzbekiston kubogining titul homiysiga aylandi
Bungacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot oʻrtasidagi shartnoma bugun — 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham Coca Cola kompaniyasi PFL bilan muzokara oʻtkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq boʻlganiga qaramay, PFL 2018 yilgi homiy — Pepsi variantini maʼqulroq deb topdi.

Biroq kecha — 4 mart kuni Coca Cola oʻz taklifini oʻzgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam boʻlishi mumkin edi. Unga koʻra, kompaniya nafaqat Superliga, balki Oʻzbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy mavsumda Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun badal pullarini oshirmadi. Qoʻshimchasiga, hakamlar, inspektorlar hamda komissarlar uchun barcha sarf-xarajatlarni oʻz boʻyniga oldi. Shuningdek, Superliga klublari futbolchilarining har biriga oʻz yonidan chiqim qilib, 10 million soʻmlik sugʻurta polislari olish imkoniyatini yaratdi.

“Professional futbol ligasi Pepsi bilan hamkorlikni qadrlaydi. Mazkur kompaniya bizning tashkilot uchun juda katta yordam berdi va oʻzaro hamkorlik davomida oʻzining professional dastur hamda yoʻnalishlari bilan ijobiy taassurot qoldirdi, marketing yoʻnalishlari bilan oʻrnak boʻla oldi. Oʻzining iqtisodiy koʻrsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borishni niyat qilayotgan Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumdagi hamkorlik uchun Pepsi kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi va kelajakda ham oʻzaro hamkorlik uchun tayyorligini maʼlum qiladi. Pepsi Superliganing ilk titul homiysi sifatida tarixda qoladi“, deyiladi PFL bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Coca Cola” 2019 yil uchun Superliga hamda Oʻzbekiston kubogining titul homiysiga aylandi