23:22 / 05.03.2019
4 436

“Yuventus” portugaliyalik “yangi Ronaldu” uchun 120 mln yevro toʻlashga tayyor (video)

“Yuventus” portugaliyalik “yangi Ronaldu” uchun 120 mln yevro toʻlashga tayyor (video)
“Benfika”ning 19 yoshli yarimhimoyachisi Joau Felish uchun raqobatda “Yuventus” yetakchilik qilmoqda. AS xabariga koʻra, xavbek Turin klubining yozgi transfer maqsadlari roʻyxatida eng yuqori oʻrinlarda turibdi.

Qayd etilishicha, “Yuve” Felish uchun uning shartnomasida koʻrsatilgan miqdor – 120 mln yevroni toʻlashga tayyor. “Byankoneri” sport direktori Fabio Paratichi bu haqda “Benfika”ga maʼlum qilib ulgurgan. Tomonlarning uchrashuvida futbolchining agenti Jorje Mendesh ham qatnashgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, Joauga “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real” va “Atletiko” kabi klublar ham befarq qaramashyapti. Ammo endilikda “Yuventus” bu raqobatda yetakchiga aylangan.

Hujumkor yarimhimoyachi bu yil “Benfika” asosiy jamoasida debyut mavsumini oʻtkazmoqda. U Portugaliya chempionatining 16ta oʻyinida maydonga tushib, 13ta golda (9+4) bevosita ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” portugaliyalik “yangi Ronaldu” uchun 120 mln yevro toʻlashga tayyor (video)