“Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang oʻynadi (video)

  • 06 mart 2019, 09:12
  • 1 768
  • Sport
  • “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang oʻynadi (video)
    Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan oʻrin olgan “Persepolis” – “Paxtakor” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Ozodi” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi.

    Uchrashuv avvalida toshkentliklar tezkor gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Dragan Cheranning bosh bilan bergan zarbasidan soʻng toʻp darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan toʻpni Marat Bikmayev boʻsh qolgan darvozaga aniq yoʻanltirdi.

    Shundan soʻng mezbonlar faollikni oshirishdi va bu 25-daqiqada oʻz samarasini berdi. Mario Budimir jarima maydonimiz ichida toʻpni qabul qilib oldi va kuchli zarbasi bilan darvozaning pastki olis burchagini aniq nishonga oldi.

    Ikkinchi boʻlimda ikki jamoada ham bir qator imkoniyalar yuzaga keldi. Biroq oʻyin yakuniga qadar hisob oʻzgarmadi.

    Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari safardan muhim bir ochko bilan qaytadigan boʻlishdi.
    Ushbu oʻyinning matnli translyatsiyasini ushbu havolada koʻrishingiz mumkin.

    OCHL, 1-tur
    “Persepolis” – “Paxtakor” 1:1 (1:1, 0:0)
    Gollar:
    0:1 - 5 Bikmayev, 1:1 - 25 Budimir

    “Persepolis” – Alirizo Beyronvand, Halilzoda, Saidjalol Hussayni, Bashar Resan (Soroush Rafeiy, 88), Nurollohi, Mehdi Toʻrobi, Kamyabinia, Mehdi Shiri, Mario Budimir (Shiamak Neʼmati, 71), Muhammad Nodiriy, Ali Alipur.

    “Paxtakor” – Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod Aʼzamov, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxoʻjayev (Marko Simich, 85), Sadriddin Abdullayev, Doston Hamdamov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 77), Dragan Cheran, Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 60).
    Ogohlantirishlar: Alijonov (21), Sayfiyev (23), Torabi (70), Hussayni (75), Quvvatov (90+6).

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang oʻynadi (video)