12:44 / 06.03.2019
4 433

Shohjahon Ergashevga Toshkent shahridan uy sovgʻa qilindi (foto)

Shohjahon Ergashevga Toshkent shahridan uy sovgʻa qilindi (foto)
5 mart, seshanba kuni professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili oʻzbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevga (16 ta gʻalaba, 14 ta nokaut) Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks olamida erishayotgan yutuqlari uchun sovgʻa taqdim etildi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Avvalroq Shohjahonga federatsiya tomonidan soʻnggi rusumdagi Chevrolet Malibu topshirilishi haqida xabar berilgandi. Biroq unga avtomobil emas, balki Toshkentdan uy sovgʻa qilinishi maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, bokschi 15 fevral kuni (16 fevral Toshkent vaqti bilan 09:00) amerikalik bokschi Maykl Foksga (19 ta gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat, 5 ta nokaut) qarshi ringga koʻtarilib, ochkolar boʻyicha magʻlubiyatga uchratgandi va IBF International chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi.

Xabarlarga koʻra, uning murabbiylar shtabida oʻzgarish boʻladi. Endi charm qoʻlqop ustasi filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyaoning 20 yillik murabbiyi boʻlmish Freddi Rouch qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 13 aprel kuni Ergashevning 17-jangi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahridagi Boardwalk Hall arenasida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Hozircha Ergashevning raqibi kim boʻlishi maʼlum emas.

Tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mehmon boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevga Toshkent shahridan uy sovgʻa qilindi (foto)